UV smola (UV Resin) — bu bir komponentli, shaffof gel bo‘lib, faqat ultrabinafsha (UV) nurlari ta’sirida qotadi. Klassik epoksi smoladan farqli ravishda, uni qotirgich bilan aralashtirish talab etilmaydi. Shu sababli u tezkor ijodiy ishlar va mayda detallar tayyorlash uchun juda qulay.
Qattiq (Hard): Eng ommabop UV smola turi. Qotgandan so‘ng mustahkam plastmassa yoki shishaga o‘xshash qattiq holatga keladi. Molddarga quyish, kulonlar, uzuklar, breloklar va boshqa dekorativ buyumlar tayyorlash uchun juda mos keladi. Yuqori mustahkamlik va shaffoflikka ega bo‘lib, tayyor mahsulotga chiroyli va professional ko‘rinish beradi.
Afzalliklari
✅ Tez qotadi – 9 Vt va undan yuqori quvvatli UV/LED lampa ostida 1–3 daqiqada qotadi.
✅ Aralashtirish talab qilinmaydi – foydalanishga to‘liq tayyor.
✅ Yuqori shaffoflik – tayyor mahsulotga kristalldek tiniq ko‘rinish beradi.
✅ Minimal qisqarish – shaklini yaxshi saqlaydi va mold rel’yefini aniq takrorlaydi.
✅ Qulay foydalanish – murakkab nisbatlarni hisoblash talab qilinmaydi.
Ishlatish bo‘yicha qisqacha yo‘riqnoma
1. Tayyorlash
Kerakli miqdordagi smolani flakondan siqib chiqaring. Ingichka uchli flakonlardan foydalanish qulay.
2. Qo‘llash
Smolani mold ichiga yoki tayyorlanayotgan buyum yuzasiga ehtiyotkorlik bilan taqsimlang. Tish cho‘pi yoki silikon cho‘tkadan foydalanish mumkin.
3. Pufakchalarni yo‘qotish
Agar havo pufakchalari paydo bo‘lsa, ularni tish cho‘pi bilan olib tashlang yoki yuzani fen yordamida yengil qizdiring.
4. Qotirish (polimerizatsiya)
Mahsulotni UV lampa ostiga 2–4 daqiqaga joylashtiring. Qalin yoki hajmli buyumlarni qatlamma-qatlam qotirish tavsiya etiladi.
Qo‘llanish sohasi
• Taqinchoqlar
• Kulon va breloklar
• Dekorativ elementlar
• Gullar va barglarni qoplash
• Miniatyuralar va bezaklar
• Resin Art loyihalari




Отзывы
Отзывов пока нет.